22:57 / 29.06.2016
31206

OAVda Istanbul aeroportida terakt sodir etgan terrorchining surati e'lon qilindi

Hurriyet nashriyoti Istanbul aeroportidagi kameralar orqali tasvirga tushirilgan terrorchilardan birining suratini e'lon qildi.
Ma'lum bo‘lishicha, uni oyoq kiyimlaridan aniqlashgan.

Istanbul aeroportida xudkush-terrorchi tomonidan uchta terakt amalga oshirildi. So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, terakt natijasida 41 kishi halok bo‘lgan, 239 nafari esa jarohatlangan.

Avvalroq, tergovchilar Istanbul aeroportidan portlatilmagan garanatalar topishgani haqida ma'lum qilingan edi.

Top