Jamiyat | 19:04 / 29.06.2016
10487
1 daqiqa o‘qiladi
Olti nafar bolasining o‘limiga sababchi bo‘lgan ota umrbod ozodlikdan mahrum etildi
Rossiyaning Nijyegorod viloyat sudi onasi, xotini va olti nafar bolasining joniga qasd qilgan Oleg Belovga umrbod ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinladi.
2015 yilning 4 avgust kuni Nijniy Novgoroddagi xonadonlardan birida olti nafar bola va ular onasining jasadi topildi. Qotillikda bolalarning otasi — Oleg Belovdan shubhalanildi. Oradan bir necha soat vatq o‘tib, politsiya Belovning onasining ham jasadini topdi. Shundan so‘ng Oleg politsiya tomonidan hibsga olindi.
Surishtiruv ishlaridagi ma'lumotga ko‘ra, ushbu jinoiy ishga “er-xotin o‘rtasidagi shaxsiy masala” degan xarakter berildi. Avvalroq Belov bu ishlarni “xavf ostida” qilganligini aytgan edi.