Jahon | 22:29 / 29.06.2016
7091
1 daqiqa o‘qiladi

Putin kontrsanksiyalar amal qilishini 2017 yil oxirigacha uzaytirdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 2017 yil oxirigacha kontrsanksiyalar amal qilishini uzaytirish haqidagi farmonni imzoladi.

Huquqiy axborot rasmiy portalida aytilishicha, sanksiyalar amal qilishi joriy yilning 6 avgustidan 2017 yil 31 dekabrigacha "Rossiya milliy manfaatlarini himoyalash maqsadida" "Maxsus iqtisodiy choralar to‘g‘risidagi" va "Xavfsizlik to‘g‘risidagi" qonunlarga muvofiq uzaytirilmoqda.   

Putinning oziq-ovqat embargosi farmoni dastlab 2014 yil yozida imzolangan, 2015 yilda esa uzaytirilgandi. Rossiya sanksiyalari bir qator davlatlardan oziq-ovqat kiritilishiga taqiqlovni ko‘zda tutadi.

May oyi oxirida Putin G‘arb sanksiyalarni bekor qilsa, Moskva ham sanksiyalarni bekorga qilishga tayyorligini aytgandi. Putin iyundagi iqtisodiy anjumanda Yevropa sanksiyalarni bekor qilish borasida "chuv tushirishi" mumkinligidan xavotir bildirib o‘tgandi.