Jamiyat | 13:34 / 30.06.2016
9448
2 daqiqa o‘qiladi

30 iyun xatmonalar yakuniga yetkaziladigan Toshkent masjidlari nomi ma'lum qilindi

30 iyun kuni Toshkentning quyidagi masjidlarida Qur'on xatmonalari yakuniga yetishini ma'lum qilndi:

1.  “Abdulhamid hoji” jome masjidi. (Manzil: Uchtepa tumani, Muallim ko‘chasi 2-uy.) Masjid imom-xatibi-Azimov Jamoliddin . Qori: Orziyev Rahmatulloh.

2.  “Omina” jome masjidi. (Manzil: Yunusobod tumani, Obod mahallasi, O‘rtasaroy ko‘chasi 30 uy.) Masjid imom-xatibi-Hazratqulov Muhammadboqiy. Qorilar: Davlatov Hikmatulloh, Shodiyev Yusuf.

3.  “Zangi ota” jome masjidi. (Manzil: Shayxontohur tumani, "Zangi ota" mahallasi, Samarqand darvoza ko‘chasi 122 – uy.) Masjid imom-xatibi - Mirzayev Xayrulloh. Qorilar: Hakimov Shuhrat, Axmatqulov Elyorjon, Bobojonov Otabek.

Shukuhli va duolar ijobat bo‘ladigan xatmona kechasida Alloh taolodan Ramazon oyi  Yurtimiz uchun barokatli va xayrli bo‘lishini, Vatanimiz tinch, osmonimiz musaffo, hayotimiz esa farovon bo‘lishini so‘rab duolar qilaylik. Zero, bu oyda qilingan duo mustajobdir.

 

Foto:muxlis.uz

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish