Airvinci'dan shaxsiy uchish apparati
Uchuvchi apparatlarni avtomobil kabi foydalanish mumkin bo‘lgan transport vositasiga aylantirish va personallashtirish g‘oyasi yangilik emas. Biroq bu g‘oya turli omillarga ko‘ra kuchga kirmadi. Kvadrokopterlar va ularning transformatsiyalarini paydo bo‘lishi yaqin kelajakda insonlar yer osti yo‘lidan havoda uchib, manzilga yetishlariga yordam beradi.
Airvinci - yangi mashinalar g‘oyasi, loyihasi va hattoki, ularning sinov talqinini yaratuvchi kompaniyalardan biri. Kompaniyaning so‘nggi loyihasidan biri - 120 kilogrammli yuk ko‘tara oladigan shaxsiy mini-vertolyot yoki transport droniga aylana oluvchi uchish apparati. O‘ziga xos impellerning parvozi uchun umumiy motorli har biri 28 ot kuchiga ega bo‘lgan ikkita dvigateldan foydalanilgan.
Airvinci yozda mashinaning birinchi parvozini sinovdan o‘tkazish niyatida. Biroq u qachon sotuvga chiqishi va narxi haqida kompaniya hech qanday ma'lumot bermagan. Shaxsiy uchish apparati qidiruv-qutqaruv va ekspeditsion operatsiyalarni amalga oshirishda, xususiy pilotlashtirish, katta bo‘lmagan va muhim yuklarni yetkazib berishda qo‘llaniladi.