16:21 / 30.06.2016
3687

Boris Jonson Britaniya bosh vazirligi uchun kurashmasligini ma'lum qildi

Londonning sobiq meri, referendum arafasida Brexit kampaniyasiga boshchilik qilgan Boris Jonson Konservatorlar partiyasidan mamlakat bosh vazirligi uchun o‘z nomzodini ko‘rsatmasligi haqida ma'lum qildi.

Jonson o‘z kampaniyasi bilan muvaffaqiyat qozonib, mamlakatning amaldagi bosh vaziri, Buyuk Britaniyaning YeIda qolishi uchun harakat qilgan Devid Kemeronni mag‘lub etib, uning iste'foga chiqishga majbur bo‘lishiga erishganidan keyin Jonson yangi bosh vazir bo‘lish uchun asosiy da'vogar sifatida qaralayotgandi. Shu tufayli uning bugungi bayonoti barcha uchun kutilmagan bo‘ldi.

Bundan oldinroq bosh vazirlik uchun saylovda Adliya vaziri Maykl Gouv o‘z nomzodi bilan ishtirok etishini ma'lum qilgandi. Uning bayonoti ham kutilmagan bo‘ldi, u Jonsonning tarafdori edi.

Endilikda aynan Gouv Jonson o‘rniga partiyadan asosiy nomzodga aylanadi.

Shuningdek bugun mamlakat Tashqi ishlar vaziri Tereza Mey ham bosh vazirlik uchun saylovga o‘z nomzodini ilgari surdi.

Jonson va Gouvdan farqli ravishda u mamlakat YeI tarkibida qolishi tarafdori hisoblanadi.

29 iyun kuni Buyuk Britaniya Mehnat vaziri Stiven Krabb o‘zining mamlakat bosh vazirligi uchun o‘tkaziladigan saylovda nomzod sifatida ishtirok etishini tasdiqlagandi. 

Top