Jahon | 00:39 / 30.06.2016
4298
1 daqiqa o‘qiladi

Britaniyaning sobiq mudofaa vaziri o‘z nomzodini bosh vazir lavozimiga qo‘ydi 

Buyuk Britaniyaning sobiq mudofaa vaziri Liam Foks o‘z lavozimini mamlakatning yetakchi konservativ partiyasi rahbari lavozimiga qo‘ydi. 

Siyosiy vazmin konservatorlardan biri bo‘lgan 54 yoshli Foks tora boshlig‘i lavozimiga kurashadigan ikkinchi siyosatchi bo‘ldi. Avvalroq sport va pensiyalar ishlari bo‘yicha vazir Stiven Krabb bosh vazir lavozimiga kurashmoqchi ekanligini bildirgandi. Konservatorlar hukumatda bo‘lgani hisobga olinadigan bo‘lsa, partiya ichidagi saylovlardagi muvaffaqiyatlar Birlashgan Qirollik bosh vaziri lavozimini olib keladi.   

Nomzodlarni taklif qilish jarayoni 29 iyunda boshlandi va 30 iyun soat 12 gacha davom etadi. Yangi bosh vazir nomi sentabr boshida aytiladi.

Saylov o‘tkazish zarurati yevrointegratsiya tarafdorlari mamlakatning Yevropa Ittifoqida a'zoligi bo‘yicha 23 iyundagi referendumda yutqazgandan keyin amaldagi bosh vazir Devid Kemeron iste'foga ketishini e'lon qilgani sababli paydo bo‘ldi.