Jamiyat | 13:23 / 30.06.2016
6592
1 daqiqa o‘qiladi
Chegarani buzgan holda Tojikiston Respublikasiga o‘tmoqchi bo‘lgan ayol ushlandi
Mustaqillik yillarida mamlakatimiz chegaralarida transmilliy jinoyatchilik, narkobiznes, kontrabanda, noqonuniy qurol-yarog‘ savdosi va boshqa turli ko‘rinishlardagi qonunbuzarliklar yo‘liga ishonchli to‘siq qo‘yildi. Biroq shunga qaramay, fuqarolar tomonidan amaldagi qonun talablarini mensimay chegaralarimizni buzib o‘tishga bo‘layotgan xatti-harakatlar hamon uchrab turibdi.
Olmaliqlik Munira Ziyayeva (ism-familiyalar o‘zgartirilgan) o‘tgan yilning iyun oyida voyaga yetmagan ukasi Botir Ziyayevni olib, Bekobod tumani hududiga keladi va aylanma yo‘llar orqali chegaradan qo‘shni Tojikiston Respublikasiga o‘tayotgan vaqtda harbiy xizmatchilar tomonidan ushlandi. Sud M.Ziyayevaning qilmishiga yarasha jazo tayinlab, hukm chiqardi.