Jahon | 12:06 / 30.06.2016
4109
1 daqiqa o‘qiladi

Hindistonda "Barak 8" raketasining sinovi o‘tkazildi

Hindiston mudofaa vazirligi "yer-havo" tasnifidagi "Barak 8" raketasining muvaffaqiyatli sinovini amalga oshirdi, deb xabar qilmoqda ANI agentligi. U, mamlakat shimoli-sharqidagi Orissa shtati Chandipur poligonidan 30 iyun kuni ertalab uchirilgan.

Raketa, Hindistonning Mudofaa tadqiqotlari va ishlanmalari tashkiloti tomonidan isroillik mutaxassislar hamkorligida ishlab chiqilgan. Vazni 300 kg keladigan raketa 70 kmgacha bo‘lgan masofadagi har qanday havo nishonini urib tushira oladi. 

Bharat Dynamics kompaniyasi yiliga 100ga yaqin shunday raketa yetkazib bera oladigan ishlab chiqarish quvvatini taqdim etgan. "Barak 8"ning sinov jarayoni yakunlangach, u Hindiston armiyasi qurollari safiga kiritiladi.