Jahon | 15:09 / 30.06.2016
5728
1 daqiqa o‘qiladi
Kobulda askarlikka yangi yollanganlarga hujum qilinishi oqibatida 27 kishi halok bo‘ldi
Afg‘oniston poytaxti Kobul shahrida 30 iyun kuni xudkush terrorchi tomonidan politsiyachilarning avtobuslariga hujum uyushtirildi.
Mahalliy nashrlarda ma'lum qilinishicha, bu hujum oqibatida 27 kishi halok bo‘lgan va 40 kishi yaralangan.
TOLOnews telekanali ma'lumotiga ko‘ra, askarlikka endi chaqirilganlarni olib ketayotgan avtobusga hujum uyushtirilgan.
Xudkush terrorchi Kobul — Qandahor yo‘lida askarlikka chaqirilganlarni olib ketayotgan avtobus yaqinida o‘zini portlatib yuborgan.
Ushbu terrorchilik hujumi uchun javobgarlik tolibonlar zimmasiga yuklangan.