Obama: Brexit global iqtisodiyotning barqarorligiga ta'sir ko‘rsatmaydi
Buyuk Britaniya Yevropa Ittifoqini tark etish qaroriga kelganiga qaramasdan dunyo iqtisodiyoti yaqin kelajak davomida o‘z barqarorligini saqlab qoladi. AQSh prezidenti Barak Obama shunday bayonot bilan chiqqan.
"O‘ylaymanki, markaziy banklar va moliya vazirliklari tomonidan tayyorlangan me'yorlar dunyo iqtisodiyoti keyingi yillarda o‘z barqarorligini saqlab turadi", degan Obama Kanada poytaxti Ottavada o‘tkazilgan Shimoliy Amerika mamlakatlari sammitidan keyingi matbuot anjumani vaqtida. Prezidentning chiqishi Oq uy tomonidan yoritilgan.
Amerikaliklar yetakchisi shu bilan bir vaqtda Brexit dunyo iqtisodiyotidagi global o‘sishlarga ta'sir ko‘rsatmasdan qolmasligini bildirgan. Obamaning so‘zlariga ko‘ra, AQSh hukumati dunyo iqtisodiyotidagi jarayonlarni diqqat bilan kuzatib boradi.
23 iyun kuni Buyuk Britaniyada mamlakatning Yevropa Ittifoqini tark etishi masalasida referendum o‘tkazildi. Natijalarga ko‘ra, Brexit tarafdorlari 51,9 foizlik ustunlik bilan g‘alaba qildi.
Shundan so‘ng, dunyo bozorida keskin tushishlar kuzatildi. Keyinroq investorlarning Buyuk Britaniya YeIni tark etishi salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkinligi haqidagi xavotirlari susaya boshladi. Bir qator mamlakatlarda Buyuk Britaniya iqtisodiyotini qo‘llab-quvvatlashga chaqiriqlar bildirildi.