Jahon | 21:45 / 30.06.2016
7904
1 daqiqa o‘qiladi
Putin Turkiya bilan bog‘liq barcha turistik cheklovlarni rasman bekor qildi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Turkiya bilan bog‘liq bo‘lgan barcha turistik cheklovlarni rasman bekor qildi. Bu haqda Kreml rasmiy sayti ma'lum qilgan.
Manbada aytilishicha, Rossiya tez orada Turkiyaga charter reyslar uchishini ham qayta yo‘lga qo‘yishi mumkin. Manbada yangilikning to‘ldirilayotgani ta'kidlangan. Kuzatib boring.
Eslatib o‘tamiz, kecha Putin ruslarga murojaat qilar ekan bemalol Turkiyaga dam olishga borishlari mumkin ekanini ta'kidlagandi.