00:24 / 01.07.2016
6649

Yevro-2016 turnirining oltin va kumush medallari namoyish etildi

Shveytsariyaning Faude & Huguenin kompaniyasi Yevro-2016 turniri finali ishtirokchilari uchun tayyorlangan medallarni namoyish qildi.

«Oltin va kumush medallar komplekti tayyorlandi. Har bir komplekt 40tadan medalni o‘z ichiga oladi.

Yevropa chempionatida bronza medallarini topshirish ko‘zda tutilmagan», - deyiladi UYeFA matbuot xizmati xabarida.

Har bir medal og‘irligi 150 g, diametri 6 sm.

Top