11:03 / 01.07.2016
3288

Xitoy janubidagi ko‘chki tufayli 1 kishi halok bo‘lib, 20 kishi bedarak ketdi

Xitoy janubidagi qishloqlardan birida ko‘chki yuz berishi tufayli 1 kishi halok bo‘ldi va 20 kishi bedarak yo‘qoldi. Bu haqda Xinhua agentligida xabar qilinishicha, Guychjou viloyati hududidagi Pyanpo qishlog‘i talofatga uchragan.

Vayronalar orasidan 29 kishi chiqarib olingan. Qidiruv ishlari vaqtida jarohatlangan 8 kishi qutqarilgan, yana bir kishining jonsiz tanasi topilgan.

Jarohat olganlar shifoxonaga yetkazilgan. Hodisa joyida qidiruv ishlari davom etmoqda.

Xitoyning janubiy, sharqiy va markaziy hududlarida kuchli yomg‘irlar davom etmoqda. Hududlarda xavflilikning to‘qsariq darajasi e'lon qilingan.

Top