Jahon | 16:02 / 01.07.2016
3628
1 daqiqa o‘qiladi
Hindiston shimolidagi kuchli jala oqibatida qurbon bo‘lganlar soni 30 nafarga yetdi
Hindistonning Uttarakxand shtatidagi kuchli jala oqibatida halok bo‘lganlar soni 30 nafarga yetdi. Bu haqda News18 portali xabar bermoqda.
Avvalroq qurbonlar soni to‘qqiz kishini tashkil etayotgani haqida xabar berilgan edi.
Jala Pitxoragarx va Chamoli okruglariga jiddiy zarar yetkazgan. So‘nggi kunlarda bu yerdagi yog‘ingarchilik miqdori 54 millimetrni tashkil etmoqda. Natijada daryo va anhorlardan suv toshgan va loy toshqinlar sabab yo‘llar yopilib qolgan.
Uttarkxand bosh vaziri Xarish Ravatning so‘zlariga ko‘ra, Pitxoragarx okrugidagi odamlar yopiq holatda qolib ketishgan. Ularni qutqarish uchun maxsus guruh jo‘natilgan.