Jahon | 14:44 / 01.07.2016
5593
2 daqiqa o‘qiladi

Kim Chen In Pxenyanda Raul Kastroning maxsus elchisi bilan uchrashdi

KXDR rahbari Kim Chen In "Kuba bilan uzoq muddatli do‘stona aloqalar"ni qo‘llab-quvvatlaydi. Koreya mehnat partiyasi vakilining TsTAK nashriga ma'lum qilishicha,  u bu haqda Kuba davlat kengashi delegatsiyasiga boshchilik qilgan Salvador Valdes Mesa bilan uchrashuvda aytib o‘tgan. Mesa ayni vaqtda KXDR poytaxti Pxenyanda Raul Kastroning maxsus elchisi sifatida bo‘lib turibdi.

Kim Chen In Kuba Kommunistik partiyasining yettinchi s'yezdida "hukumat va xalq sotsializm qurish va imperializmga qarshi kurashni davom ettirish" haqida qabul qilgan qarorini ma'qullagan.

U "ikki mamlakat va ikki partiyaning do‘stona aloqalari faqat rivojlanishi"ga ishonch bildirgan hamda delegatsiya vakillari bilan suratga tushgan.

Mesa o‘z navbatida Kuba "hech qachon sotsialistik yo‘nalishdan og‘ishmasligi va davlatlarning an'anaviy aloqalari davom etishi"ni aytib o‘tgan.