19:11 / 01.07.2016
6331

Mettyu Makkonaxi Texas Universiteti o‘qituvchisi bo‘ldi

“Oskar” g‘olibi Mettyu Makkonaxi Ostindagi Texas Universiteti o‘qituvchisi bo‘ldi, deya xabar bermoqda The Wrap nashri. Kuzda Hollivud aktyori rejissyor Geri Ross bilan birgalikda kino san'ati haqida so‘zlab berish uchun qadrdon talabalari yoniga qaytadi. 30 nafar talabadan iborat bo‘lgan auditoriyada bosh rolda Makkonaxi ijro etgan, Ross rejissyorligidagi “Jonsning erkin shtati” nomli film taqdim etilib, uning yaratilishi tarixi bilan bog‘liq bo‘lgan ma'lumotlar hususida to‘xtalib o‘tiladi.

Talabalarga avvaldan yozilgan videolavha taqdim etilib, shaxsan Makkonaxi maktabga bir marotaba tashrif buyuradi.

Shunga o‘xshash darsliklar o‘tgan bahor oylarida ham bo‘lib o‘tgan edi. Ammo u paytlar “Jonsning erkin shtati” filmi hali ekran yuzini ko‘rmagan edi.

Top