Sport | 23:06 / 01.07.2016
7557
1 daqiqa o‘qiladi

Neymar “Barselona”da yiliga 32,5 mln yevro maosh oladigan bo‘ldi

Hujumchi Neymar “Barselona” bilan yangi shartnoma imzoladi. Shunga muvofiq u yiliga 32,5 mln yevro miqdorida maosh oladigan bo‘ldi. Bu haqda AS xabar bermoqda.
Futbolchi “Barsa”da maosh olish borasida faqatgina Messidan ortda bormoqda (39,5 mln yevro). Yer yuzida eng ko‘p haq to‘lanadigan futbolchilar uchligiga “Real” hujumchisi Krishtianu Ronaldu ham kiradi. U yaqin kunlarda jamoasi bilan shartnomasini uzaytirishni rejalashtirgan. Uning “Qirollik jamoasi”dan oladigan maoshi Messiniki bilan deyarli bir xil.

Neymarni birinchi yilda 200 million, ikkinchi yildan 222 million, uchinchi yildan 250 million yevroga sotib olishlari mumkin.

Manba: Tribuna.Uz

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish