07:56 / 01.07.2016
8644

Panama kanali ma'muriyati kema o‘tishi uchun rekord haq oldi

Panama kanalini boshqaruvchi Panama davlat agentligi MOL Benefactor konteynerlar tashuvchi kemasi kanal orqali o‘tishi uchun 829 ming dollar miqdorida rekord haq oldi. Bu haqda TVN xabar berdi. Uzunligi 337 metr, eni 48 metrni tashkil qiluvchi kema kanal orqali shimoliy yo‘nalishda o‘tadi. 

Panama kanali ma'muriyatiga to‘langan avvalgi rekord haq 26 iyunda 575,5 ming dollarni tashkil qilgandi. Konteynerlar tashuvchi kemalardan olinadigan haq ularning sig‘imdorligidan, qolgan kemalardan esa suv sig‘imdorligidan kelib chiqib olinadi.

Kengaytirilgan Panama kanali o‘tgan haftada 9 yillik rekonstruksiyadan keyin ochilgandi, birinchi kemani minglab odamlar kutib olishgan.

Top