Fan-texnika | 22:29 / 01.07.2016
9401
2 daqiqa o‘qiladi

Samsung Galaxy Note 7 ilk "jonli" surati paydo bo‘ldi

@onleaks Twitter-blogeri yangi Galaxy Note 7 flagman planshetofonining birinchi "ayg‘oqchi" suratini joyladi. Samsung bu qurilmani 2 avgust kuni rasmiy tarzda taqdim etadi. Suratda ma'lum bo‘lishicha,  fablet ekrani Galaxy S7 Edge kabi "dumaloq" bo‘lib,  diagonali 5,8 dyuymni tashkil etadi.

Bundan tashqari, panel yuzasining tepa qismida bir necha qo‘shimcha teshiklar mavjud. Samsung kompaniyasining patentlangan arizasida qayd etilishicha, kamalak qobig‘li skaner inson ko‘zini aniq bilishi uchun uchta linza kerak bo‘ladi. Shuning uchun uchta aylana teshik biometrik sensor vazifasini o‘taydi. Displey ustida o‘rnatilishi kerak bo‘lgan sensorni joylashtirish uchun joy qolmagani sababli kompaniya o‘z logotipini olib tashlashga majbur bo‘lgan.

Galaxy Note 7 haqidagi ma'lumotlar internetda bir necha kun avval tarqalib ketdi. Evan Blasa (@evleaks) guvohlik berishicha, apparat Super AMOLED Quad HD ekrani va ikkita kameraga ega: 12 megapikselli asosiy va  5 megapikselli frontal kameralar, ichki xotira hajmi — 64 GB (+  microSD kartani ham ko‘tara oladi).
Fablet chang va namlikdan himoya qiluvchi IP68 standartlari bo‘yicha ruyxatdan o‘tadi. Korpus ranglari — qora, kulrang va ko‘k. Shuningdek, Note 7 qurilmasi 6 gigabaytli operativ xotira va  3600–4000 mA*ch sig‘imli batareyaga ega bo‘ladi. 

Note 7 Linkoln markazida (Nyu-York) bo‘lib o‘tadigan navbatdagi yirik Samsung Unpacked 2016 matbuot anjumanida taqdim etilishi kutilmoqda.