Jahon | 10:44 / 02.07.2016
3573
1 daqiqa o‘qiladi

Dakkada maxsus operatsiya: 13 asir ozod qilindi, 6 jangari yo‘q etildi

Bangladesh poytaxtidagi restoranlardan birida jangarilar qo‘lidan asirlarni qutqarish operatsiyasi politsiya tomonidan yakunlandi. Bu haqda The Daily Star xabar bermoqda.

Dakkadagi diplomatlar kvartalidagi voqea joyiga jurnalistlarni qo‘yish boshlangan. Ayni damda 13 nafar asir ozod etilgani,ular orasida uch nafari xorijlik ekanligi ma'lum.

Associated Press mahalli amaldor ma'lumotiga asoslanib, xabar qilmoqdki, operatsiya davomida olti jangari o‘ldirilgan.
Avvalroq OAVda tongda boshlangan maxsus operatsiya vaqtida besh nafar jangari o‘ldirilgani haqida xabar berilgan edi.

 

foto:Google image

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish