23:58 / 02.07.2016
7320

Germaniyalik avtopoygachi Fettel Italiya terma jamoasi muxlislarini mazax qildi (Video)

Germaniyalik pilot, «Ferrari» jamoasi a'zosi Sebstyan Fettelga Sky Sport Italia jurnalisti futbol bo‘yicha Italiya terma jamoasi futbolkasini bermoqchi bo‘ldi. Fettel esa bu sovg‘ani qabul qilmadi.

«Yaxshisi buni o‘zingizda qoldiring. U bilan o‘yindan keyin ko‘z yoshlaringizni artasiz», degan italiyalik jurnalist qizga javoban Fettel.

Shu tariqa, 28 yoshli pilot bu qarama-qarshilikda Germaniya Italiyani yengishiga ishonch bildirgan.

Germaniya — Italiya uchrashuvi 2 iyul kuni Toshkent vaqti bilan soat 23.55da boshlanadi. «Tribuna.uz» ushbu uchrashuvdan onlayn-translyatsiya uyushtiradi.

Top