Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 00:05 / 02.07.2016
5310
1 daqiqa o‘qiladi
Qurollangan guruh Bangladesh poytaxtidagi diplomatlar kvartaliga hujum qildi
Qurollangan noma'lum kishilar Bangladesh poytaxti Dakka shahridagi diplomatlar kvartalidagi restoranlarga qarata o‘t ochishgan. Ma'lumotlarga ko‘ra, bir necha politsiya xodimi va xorijliklardan iborat 20 nafar fuqaro restoran ichida asirlikda qolib ketgan. Bu haqda Dhaka Tribune xabar bermoqda.
Aytilishicha, voqea joyida portlash ham bo‘lgan. Boshqa ma'lumotlarga ko‘rsa esa, jangarilar Holey Artisan Bakery nomli binoda portlash qilishgan.
Bangladeshdagi AQSh elchixonasi kvartaldagi o‘z xodimlarini zudlik bilan chaqirtirib olgan.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish