Noqonuniy ravishda paxta yog‘i ishlab chiqarayotgan shaxsga jazo muqarrarligi ta'minlandi
SVOJJDLQK departamentining Sayxunobod tuman bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda “Shodlik” mahallasida yashovchi fuqaro J.Xolboyev o‘z uyining yordamchi xo‘jaligida moyjuvoz uskunasi o‘rnatgani, o‘zboshimchalik bilan elektr energiyasi tarmog‘iga ulanib, qonunga xilof ravishda paxta yog‘i ishlab chiqarayotganligi aniqlandi. Bu haqda “Huquq” nashri yozmoqda.
Tadbir natijasida undan 12 mln. 200 ming so‘mlik tovar-moddiy boyliklar ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yildi.
O‘tkazilgan surishtiruv jarayonida J.Xolboyev elektr tarmoqlari korxonasiga 5 mln.700 ming so‘m miqdorida moddiy zarar yetkazganliini aniqlanib, zararning to‘liq undirilishi ta'minlandi.
Mazkur holat yuzasidan fuqaro J.Xolboyevaga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, jinoyat ishlari bo‘yicha Sayxunobod tuman sudining hukmi bilan jazo muqarrarligi ta'minlandi.