O‘zbekiston | 16:46 / 02.07.2016
9005
1 daqiqa o‘qiladi

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida magistr va bakalavrlarga bitiruv diplomlari topshirildi

2016 yilning 2 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida magistr va bakalavrlarga diplom topshirishga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Marosimda O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar Vaziri Abdulaziz Kamilov bitiruvchilarga muvaffaqiyat tilab nutq so‘zladi va yig‘ilganlarni hayotlaridagi muhim bosqich yakunlanayotganligi bilan tabriklab, kasbiy sohalarida omadlar tiladi. Eng yaxshi bakalavr va magistrlarga imtiyozli diplomlar topshirildi.

Bitiruvchilar 1992 yilda I.A.Karimov tashabbusi bilan tashkil etilgan universitet rahbariyatiga, professor va ustozlariga ta'lim-tarbiya va bilim olish uchun yaratilgan sharoitlar uchun minnaddorchilik bildirdilar hamda o‘zlarining barcha kuch va orttirilgan bilimlarini mustaqil O‘zbekiston rivoji uchun qo‘llashga ahd qildilar.