Antonio Konte: «Biz turnirda g‘olib chiqishni orzu qilgandik va bu orzu uchun tish-tirnog‘imiz bilan kurashdik»
Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Antonio Konte Yevro-2016 chorak finalida Germaniyadan uchralgan mag‘lubiyatda futbolchilarni ayblamasligini ma'lum qildi.
«Fakt shuki, jahon chempionalari bizga qarshi o‘yinda o‘z uslublarini o‘zgartirishga majbur bo‘ldi. Aytish mumkinki ular bizdan hayiqib, ham hurmat qilib o‘ynadi.
Yigitlar uchun o‘yin og‘ir kechdi. Penaltilar seriyasida mag‘lub bo‘lib, turnirdan chiqib ketish juda alamli. Lekin Germaniya – dunyodagi eng kuchli terma jamoa.
Biz bu o‘yinda g‘alaba qozona olishimizga ishongandik, shuning uchun kiyim almashtirish xonasidagi vaziyat juda qayg‘uli edi.
Biz turnirda g‘alaba qozonishni orzu qilib, bu orzuimizga ishongandik va bu orzu uchun tish-tirnog‘imiz bilan kurashdik.
Biz bilamiz, futbol gohi shodlik keltiradi, gohi g‘am. Lekin yigitlar uyga boshlarini tik ko‘targan holda, vijdonlari qiynalmasdan qaytishlari mumkin.
Ular mening qalbimda qolishadi. Biz fantastik darajadagi 2 yilni birgalikda o‘tkazdik. Men barcha futbolchilar, murabbiylar shtabi, epikirovkalar bo‘ycha menejyerga, umuman barcha-barchaga minnatdorchiligimni bildiraman. Biz ajoyib oilaga aylandik, afsuski bizning yurishimiz bugun to‘xtadi.
Terma jamoani tark etish qarorini avvalroq qabul qilib bo‘lganman. Inkor etmayman, bu qarorimni o‘zgartirishni istagan vaqtlarim ham bo‘ldi.
Biz bu turnirda o‘zimizdan o‘chmas iz qoldirmoqdamiz. Umid qilamanki, bu ishtirokimiz besamar ketmaydi. Ba'zi futbolchilar uchun bu ilk katta turnir bo‘ldi va ular bu turnirda to‘plangan tajriba evaziga yanada o‘sishlari mumkin.
Qachonki sen bor kuchingni o‘yinga tashlasang, hech kimning xayoliga seni tanqid qilish fikri kelmaydi. Bu yigitlar ulardan talab etiladiganidan ortiqroq jonkuyarlik qilishdi, ular barcha kuchlarini maydonda tashlab chiqishdi. Buni odamlar ko‘rdi. Bu yigitlar o‘z mamlakatini jondan ortiq ko‘rishadi. Men Italiya futboli kelajagiga optimistik ko‘z bilan qarayman.
Men ta'tilga ketmayapman. Sarguzasht davom etadi. Endi bu mag‘lubiyatni unutish uchun 1 hafta dam olaman va «Chelsi»dagi yo‘limni boshlayman. Bilaman, bu og‘ir yo‘l bo‘ladi. Lekin men shunday qiyinchiliklarda o‘zimni sinash va o‘zimni namoyon etishga ishtiyoqmandman», - degan Konte.
Bordodagi «Matmut-Atlantik» stadionida Germaniyaga qarshi kechgan o‘yinning asosiy vaqtida va qo‘shimcha bo‘limlar yakunida durang qayd etildi - 1:1. 65-daqiqada Mesut O‘zil Germaniyani oldinga olib chiqqandi. 78-daqiqada italiyaliklar himoyachisi Leonardo Bonuchchi penaltini aniq amalga oshirib hisobni tenglashtirgandi.
Nemislar jamoasi o‘yindan keyingi penaltilar seriyasida 6:5 hisobida g‘alaba qozondi.
Germaniya endi yarim finalda Fransiya – Islandiya juftligi g‘olibiga qarshi maydonga tushadi.
Manba: Tribuna.uz