Jahon | 17:41 / 03.07.2016
7789
1 daqiqa o‘qiladi

Bag‘doddagi terakt qurbonlari soni 131 nafarga yetdi

Iroq poytaxti Bag‘dod shahrining Karrada tumanidagi shialar ziyoratgohi yaqinida avtomobil portlatilishi oqibatida halok bo‘lganlar soni 131 nafarga yetdi. Shuningdek, 100dan ortiq kishi jarohatlangani qayd etilgan.

Bungacha berilgan xabarlarda qurbonlar soni 80 nafar ekani aytilayotgandi.

Bag‘doddagi harbiy qo‘mondonlik vakili ma'lum qilishicha, minalashtirilgan mashina Karrada markazida, odamlar bayram tayyorgarligi uchun bozorlik qilayotgan chog‘da sodir etilgan.

Birinchi portlashdan keyinoq Bag‘dod sharqidagi bozor hududida joylashgan sharshara yaqinida yana bir minalashtirilgan avtomobil portlagan. 

Mazkur portlashlar uchun javobgarlikni IShID o‘z zimmasiga oldi.