FIFAning 100 yoshli sobiq prezidenti Avelanj shifoxonaga yotqizildi
FIFAning sobiq prezidenti Joao Avelanj Rio-de-Janeyrogi shifoxonaga yotqizilgan, u bu yerda pnevmoniya xastaligidan davolanish kurslarini o‘taydi. Bu ma'lumot uning rafiqasi Anna-Mariya tomonidan tasdiqlangan.
Samaritano shifoxonasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 100 yoshli ushbu braziliyalikning ahvoli ayni vaqtda barqarorlashgan.
Bundan oldinroq Avelanj 2016 yilgi olimpiada o‘yinlarini kuzatish uchun borishni mo‘ljallayotgani haqida xabarlar berilgandi.
Ma'lumot uchun, Avelanj 1974 yildan 1998 yilgacha FIFA rahbari sifatida faoliyat ko‘rsatgan. U keyingi yillar davomida tashkilotning faxriy prezidenti bo‘lgan, 2003 yilda esa o‘tgan asrning 90-yillarida FIFAda poraxo‘rlik jinoyatlari amalga oshirilgani haqidagi mojarolar fonida bu lavozimini tark etgandi.