Sport | 01:16 / 03.07.2016
5879
2 daqiqa o‘qiladi

Infantino JCh-2018 turnirida ayol hakam ishlashi bo‘yicha taklif bilan chiqdi

Xalqaro futbol federatsiyalari uyushmasi (FIFA) prezidenti Janni Infantino Rossiyada o‘tkaziladigan JCh-2018 uchrashuvlarida ayol hakam ishlashi bo‘yicha taklif bilan chiqdi.

«Menda JCh-2018 turniri o‘tkazish bo‘yicha taklif bor. Turnir uchrashuvlarida ayol hakam ham ishlasin deyman.

Hozirda 2018 va 2019 yilgi turnirlarda erkak hakamlar bilan birgalikda ayol hakamlar ham ishlashi nazarda tutilgan. Biz bu masalada ishlashni davom ettiramiz va bu amalga oshishi imkoniyatlarini ko‘rib chiqamiz», – degan Infantino Bild uchun bergan intervyusida.

Qayd etish kerakki, bungacha ayol hakamlar yevrokuboklarda va xalqaro turnirlarning saralash uchrashuvlarida ishlagan.

Agar Infantinoning taklifi qabul qilinsa, jahon chempionatining final bosqichida ilk bor ayol hakam ishlaydi. 

Ma'lumot uchun, futbol bo‘yicha jahon chempionati 2018 yilning 14 iyunidan 15 iyuliga qadar Rossiyaning 11 shahri – Moskva, Sankt-Peterburg, Qozon, Sochi, Nijniy Novgorod, Samara, Kaliningrad, Yekaterinburg, Saransk, Volgograd va Roston-Donda, jami 12 ta stadionda bo‘lib o‘tadi.

Manba: Tribuna.uz