22:40 / 03.07.2016
6503

Iroq suyultirilgan gaz eksport qilishni boshlaydi

Iroq o‘z tarixida ilk marta suyultirilgan tabiiy gaz eksportini amalga oshiradi. Bu haqda Al Arabiya xabar tarqatdi.

Iroq neft vazirligi bayonotiga ko‘ra, 2000 tonna suyultirilgan gaz ortilgan tanker o‘tgan kuni mamlakat janubidagi Umm-Kasr portidan chiqqan. Vazirlik vakili ma'lumotiga ko‘ra, Umm-Kasrda maxsus pristan qurilishi yakunlangach, Iroq xalqaro bozorni shu mahsulot bilan ta'minlaydigan nuqtalardan biriga aylanadi.

Top