Sport | 22:42 / 03.07.2016
14211
1 daqiqa o‘qiladi

Islandiyalik futbolchi: Ronalduning biz haqda gapini eshitib, o‘zimizni kulgidan tiya olmay qolgandik

Islandiya terma jamoasi hujumchisi Kolbeyn Sigtursson jamoadoshlari bilan Krishtianu Ronalduning o‘zlari haqida aytgan gapini eslab, o‘sha vaqtda kulishdan tiyila olmay qolishgani haqida aytib berdi.

Portugaliya terma jamoasi sardori guruh bosqichidagi o‘zaro uchrashuvdan keyin bu jamoa hech narsaga erisha olmasligini aytgandi.

«To‘g‘risi, Ronalduning bu so‘zlarini eshitib, kuldik. Biz o‘z yutuq va nuqsonlarimizni bilamiz. U ham bilsa kerak. Umid qilamanki, Portugaliya bilan hali finalda uchrashamiz. Ulardan farqli o‘laroq, biz Yevropa chempionatida g‘alaba qozonib ulgurdik»,- deydi hujumchi.

Manba: Tribuna.uz