Sport | 15:35 / 03.07.2016
4940
1 daqiqa o‘qiladi

Krixovyak «PSJ» bilan 5 yillik shartnoma tuzdi

«Sevilya» jamoasining polshalik tayanch yarimhimoyachisi Gjyegoj Krixovyak «PSJ» futbolchisiga aylandi.

26 yoshli ushbu futbolchi parijliklar klubi bilan 2021 yilgacha bitim tuzgan. Bu haqda uning o‘zi tvitterida yozgan.

«PSJ» ushbu futbolchining transferi uchun «Sevilya»ga 25,2 million yevro to‘lagan.

Futbolchining andalusiyaliklar jamoasi bilan shartnomasi muddati 2019 yilgacha edi.

Qayd etish kerakki, uning parijliklar jamoasiga o‘tishi «Sevilya»ning sobiq bosh murabbiyi Unay Emeri «PSJ»ga tayinlanishi bilan bog‘liq. Aynan u o‘z shogirdini Fransiyaga olib o‘tdi.

Manba: Tribuna.uz