10:49 / 03.07.2016
4371

Pokistondagi suv toshqinlari qurbonlari soni 30 nafarga yetdi

Pokiston shimoli-g‘arbidagi suv toshqinlari oqibatida qurbon bo‘lganlar soni 30 nafarga yetgan. Bu haqda Sinxua xabar tarqatdi.

Bu voqea Xayber-Paxtunxva viloyatidagi Chitral okrugida sodir bo‘lgan.

Agentstlik ma'lumotiga ko‘ra, kuchli yomg‘ir ortidan kelgan sel masjid va uylarni yuvib ketishi natijasida odamlar halok bo‘ldi.

Hodisa natijasida jarohatlanganlar ham bor.

Top