Jamiyat | 20:14 / 04.07.2016
14326
2 daqiqa o‘qiladi

Qirg‘iziston prezidenti o‘zining ilk klipini namoyish etdi - «Sudbe nazlo»

Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev o‘zi mualliflik qilgan «Sudbe nazlo» («Taqdirga qasdma-qasd») qo‘shig‘iga ilk klipini namoyish etdi.

«Bu qo‘shiq «Sudbe nazlo» deb nomlanib, u mening ilk qo‘shiqlarimdan biri. Qo‘shiq so‘zlari mening hayotim shioriga aylangan. U menga hayotimdagi har qanday qiyinchiliklarni taqdirga qasdma-qasd qilib, yengib o‘tishimga yordam bergan», - deya izohlaydi Atambayev klipning muqaddimasida. 

Videoklip syujyeti Qirg‘izfilm kinostudiyasida rejissyor Melis Ubukeyev tomonidan suratga olingan «Qishloqdagi roman» filmidan olingan. 

Ushbu qo‘shiq Atambayevning oshkora namoyish etilgan ilk qo‘shig‘idir. Qirg‘iziston prezidenti she'riyatga qiziqadi va o‘z kompozitsiyalariga o‘zi matn yozadi. 1983 yildan buyon u qirg‘iz Yozuvchilar adabiy uyushmasini ko‘ngilli boshqaruvchisi hisoblanadi. 

«U qo‘shiq so‘zi va musiqasini o‘zi yaratdi, o‘zi kuyladi hamda shaxsan gitarada ijro etdi. Bizga ma'lum bo‘lishicha, qo‘shiq ikki oy avval uy sharoitida tasmaga yozib olingan», - deya ma'lum qildi prezident matbuot xizmati rahbari Almaz Usenov.