Iqtisodiyot | 20:31 / 04.07.2016
9487
1 daqiqa o‘qiladi

Manba: Rossiya Turkiyaga qarshi oziq-ovqat embargosini 5 iyul kuni bekor qilishi mumkin

Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev Agrosanoat masalalari bo‘yicha hukmat majlisi vaqtida 5 iyul kuni Turkiyaga qarshi oziq-ovqat embargosini bekor qilish masalasi ko‘rib chiqilishini ma'lum qildi. Bu haqda hukumatdagi manbasiga asoslangan holda RIA Novosti xabar tarqatdi.

30 iyun kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Turkiya bilan munosabatlardagi cheklovlarni bekor qilish haqidagi farmonini imzolagandi.