Sport | 15:28 / 04.07.2016
4806
1 daqiqa o‘qiladi
Mourino yangi vazifasida ish boshlash uchun Manchesterga yetib keldi
«Manchester Yunayted» jamoasi bosh murabbiyi Joze Mourino Angliyaga qaytdi va yaqin vaqt ichida o‘zining yangi vazifasida ish boshlashi kutilmoqda.
Tushirilgan suratlarida u biroz cho‘chiyotgandek ko‘rinadi.
The Sun xabariga ko‘ra, «qizil iblislar» keyingi haftada mavsumoldi yig‘inlarini boshlaydi. Qayd etilishicha, mutaxassis rahbariyatga o‘ziga kerak bo‘lmagan futbolchilar ro‘yxatini taqdim etadi.
Bundan oldinroq ushbu murabbiy bilan muammolari bo‘lgan Huan Mata jamoani tark etishga hozirlanayotgani haqida xabar berilgandi.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 3 iyul kuni Manchesterning boshqa bir jamoasida, «Manchester Siti»da yangi bosh murabbiy Xosep Gvardiolaning taqdimoti bo‘lib o‘tdi.