Sport | 18:58 / 04.07.2016
6902
1 daqiqa o‘qiladi

Smollingning internetda tarqalgan surati muxlislarni tashvishga soldi

Angliya terma jamoasi Yevropa chempionatini tark etgach, Baliga ta'til uchun yo‘l olgan Kris Smolling shifoxonaga tushib qoldi.

«Manchester Yunayted» jamoasining 26 yoshli bu himoyachisining shifoxonada olingan surati internet bo‘ylab tarqalgach, muxlislar undan xavotirlana boshlashdi.

Ayni vaqtda sevgilisi Sem Kuk bilan Bali orolida bo‘lib turgan futbolchi syorfing vaqtida jarohat olgani taxmin qilinayotgandi.

Keyinroq ma'lum bo‘lishicha, u ovqatdan zaharlanish natijasida hushini yo‘qotgan va shifoxonaga yotqizilgan.

Ayni vaqtda uning ahvoli yaxshilangani aytilmoqda.