Light | 17:57 / 04.07.2016
13297
4 daqiqa o‘qiladi

“Sochnaya dolina” o‘tkazgan aksiya ishtirokchisi uy yutib oldi

2 iyul kuni Toshkent shahridagi Alisher Navoiy nomli kinoteatr zalida "Sochnaya dolina qutisi evaziga uy" promo-aksiyasining 2-bosqichi bo‘lib o‘tdi. Aktsiyaning haqqoniyligini ta'minlash maqsadida sovrindorlar qur'a tashlash orqali aniqlandi. 

Aktsiya tadbirininig boshidan oxiriga qadar Jahongir Shahobiddinov boshlovchilik qildi. U avvaliga promo-aksiya g‘oliblarini aniqlash marosimiga tashrif buyurganlarning kayfiyatini ko‘tarish maqsadida navbatni musiqali chiqishga berdi va Matin Band guruhi tomonidan ajoyib qo‘shiq taqdim etildi. Shunday so‘ng promo-aksiya g‘oliblarini aniqlashga kirishildi. 

Birinchi bo‘lib promo-aksiyaning 2-bosqichi g‘oliblari “Sochnaya dolina” TM savdo belgisi ostida ishlab chiqarilgan maxsus futbolkalarga ega bo‘lishdi. Aktsiyaning barcha g‘oliblari shu tarzda qur'a tashlash yo‘li orqali aniqlanib, 2 bosqichda quyidagi qimmatbaho sovrinlar o‘ynaldi. 
- Maxsus “Sochnaya dolina” TM  savdo belgisi ostida ishlab chiqarilgan futbolkalar-500 dona;
- Artel kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan tarozi- 2 dona;
- O‘zbekiston hududida joylashgan “Charos” dam olish maskaniga yo‘llanma-1 dona;
- Blender - 1 dona;
- Multivarka (Artel) – dona;
- Oshxona kombayni (Artel) – 1 dona; 
- Uyali aloqa telefoni (General Mobile) - 1 dona;
- Planshet (Artel) - 1 dona;
- Canon rusumli fotoapparat - 1 dona; 
- Velosiped - 1 dona;
- Televizor (Artel 32) - 1 dona;
- Televizor (Artel 42) - 1 dona.

O‘ynalgan sovrinlarning barcha egalari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri telefon qo‘ng‘irog‘i orqali bog‘lanilib, ularning g‘olib bo‘lgani bildirilgan holda 4 iyul kuni sovrinlarni olib ketish mumkinligi aytildi. 

Aktsiyaning bosh sovrini, ya'ni uy Andijon viloyatida istiqomat qiluvchi promo-aksiya g‘olibi, +998xx-78x-xx-60 abonenti egasiga nasib etdi. 

Aktsiya tadbirida xonanda Ulug‘bek Rahmatullayev mehmon bo‘lib, g‘oliblarni tabriklash barobarida o‘z ijrosidagi qo‘shiq bilan yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi. 

Shuningdek, yosh ijrochilardan tashkil topgan “Alladin” guruhi tomonidan aksiya tadbirining boshidan oxiriga qadar ajoyib qo‘shiq va raqs sahnalari taqdim etildi. 

"Sochnaya Dolina” yoz mavsumi sovrinlariga ega bo‘lishni istasangiz, quyidagi ko‘rsatmalarga amal qiling:

1. "Sochnaya Dolina" 1L savdo belgisi ostidagi xarid qiling. 
2. Quti sirtidagi promo-kodlar yashiringan qismini ehtiyotlik bilan o‘chiring. 
3. Promo-kodlarni qisqa 1965 raqamlariga sms tarzida yo‘llang yoki promo.intersok.uz sayti orqali ro‘yxatdan o‘tib, promo-kodlarni maxsus sayt orqali kiriting. 
4. Qutining promo-kodlari bilan kesib olingan qismi (Promo-Stiker)ni esa o‘zingizda saqlab qo‘ying va  g‘olib egalari aniqlanadigan bosqichni kuting. 
5. Yo‘llangan sms narxi 0,02 dollarni tashkil etadi. 

Ma'lumot uchun, 1965 qisqa raqamlariga SMS yo‘llashni faqat Ucell, Beeline va Perfectum abonentlari amalga oshira oladi. 

Shoshiling va siz ham sovrindorlar safidan o‘rin egallang! 

Muhimi, aksiya haqqoniy tarzda o‘tkazilmoqda! Bunga esa o‘zingiz amin bo‘ling! 

P.S. "Sochnaya dolina qutisi evaziga uy" promo-aksiyasining o‘tkazilish tartibi va boshqa ma'lumotlarni promo.intersok.uz sayti orqali olish mumkin.

Reklama huquqi asosida.