Jamiyat | 10:56 / 04.07.2016
10873
1 daqiqa o‘qiladi

Spark club va “Voditeli Tashkenta” guruhi jamoasining ehson karvoni Buxoro tomon yo‘l oldi

3 iyul kuni “Feysbuk” ijtimoiy tarmog‘idagi Spark club va “Voditeli Tashkenta” guruhi jamoasi Buxorodagi Nogiron bolalar uyiga guruh a'zolari tomonidan yig‘ilgan kiyim-kechak, pul va konstovarlar karvoninini olib ketishdi. Bu haqda guruh jamoasi Kun.uz saytiga ma'lum qilmoqda.

Shuni alohida ta'kidlab o‘tish joizki, “Voditeli Tashkenta” boshlab bergan ushbu xayirli ishni Spark club a'zolari ham qo‘llab-quvvatlab, davom ettirishdi.