19:16 / 04.07.2016
9886

Kichik halqa yo‘li bo‘ylab harakat ikki haftadan so‘ng tiklanadi

Toshkent shahridagi “Taraqqiyot” ko‘chasi va Kichik halqa yo‘li kesishmasidagi yo‘l o‘tkazgich vaqtincha yopildi. Bu haqda Toshkent shahar hokimiyatida o‘tkazilgan OAV xodimlari uchun brifingda ma'lum qilindi.

Brifingda ta'kidlanishicha, yo‘l o‘tkazgich ikki hafta davomida ta'mirlanadi. O‘tkazgich ustidan uzoq vaqt tramvay harakatlangani sabab uni ushlab turish maqsadida ikkita yirik to‘sin mavjud bo‘lgan. Toshkent shahrida tramvay harakati to‘xtatilganidan keyin tramvay yo‘llar olib tashlandi. Endi o‘tkazgichni ushlab turgan to‘sinlarga hojat qolmagan. Shu sabab to‘sinlar olib tashlanib yo‘l kengaytiriladi. Qurilish ishlari 2 iyul kuni boshlangan va ikki hafta davom etadi.

Hokimiyat va poytaxt YHXB vakillari shaharliklardan vaqtinchalik noqulaylik uchun uzr so‘radi.

Top