Jahon | 18:37 / 04.07.2016
6954
1 daqiqa o‘qiladi

"Tolibon" jangarisining belidagi bomba bexosdan portlab ketishi natijasida uning 23 safdoshi halok bo‘ldi

"Tolibon" jangarisining beliga o‘rnatilgan portlovchi qurilma bexosdan harakatga keltirilishi oqibatida 20dan ortiq jangari o‘lim topdi. Bu haqda Zobul viloyati politsiyasi boshlig‘i G‘ulom Jiloniy Farahiy ma'lumot bergan.

"Xaq-Afg‘on okrugi hududidagi g‘orda "Tolibon" jangarilari guruhi bugun jangarilardan birining beliga bog‘langan portlovchi qurilma bilan o‘ynashgan va bomba bexosdan portlab ketgan. Natijada voqea joyidagi 24 kishi halok bo‘ldi. Shundan 11 nafari xudkush terrorchilar bo‘lgan", deydi Farahiy Sinxua agentligiga.

"Tolibon" harakati bu voqea yuzasidan axborot bermagan.