14:53 / 04.07.2016
50116

Toshkent shahrida hayit namozi nechada o‘qilishiga oydinlik kiritildi

O‘zbekistondagi barcha masjidlarda hayit namozini o‘qish vaqtlari belgilandi. Jumladan, Toshkent shahridagi masjidlarda hayit namozi 2016 yil 6 iyul, chorshanba kuni ertalabki soat 05:15 da o‘qiladi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda esa taqvimdagi vaqt tafovutlari asosida hududlardagi masjidlar tomonidan e'lon qilinadi.

Quyidagi videolavhada hayit namozini o‘qish tartiblarini yana bir bor eslash mumkin.

Top