O‘zbekiston | 19:26 / 04.07.2016
17334
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkent shahridagi chorrahalarda o‘rnatilgan nazorat kameralari ishga tushirish uchun tayyor

Toshkent shahridagi chorrahalarda o‘rnatilgan nazorat kameralari ishga tushirilishga tayyor. Bu haqda Toshkent shahar Yo‘l harakati xavfslizligi boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i podpolkovnik Saidaliyev Zoir Ahmadovich Toshkent shahar hokimiyatida o‘tkazilgan brifingda ma'lum qildi.

“Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi chorrahalardagi videokuzatuvni ishga tushirishga tayyor. Buyruq berilgan kuni hammasi ish boshlaydi. Lekin kameralar shunchaki turibdi, deb o‘ylash kerak emas. Ular o‘z ishini bajarmoqda. “Avtopatrul”, “Poytaxt yo‘llari" ko‘rsatuvlarida o‘sha kameralarda olingan tasvirlardan foydalanilmoqda. Yana takrorlayman, buyruq berilgan kuni hammasi rasman ishga tushadi.

Shu o‘rinda jarimalar haqida. Kamera avtomobilning davlat raqamini suratga oladi. Shu sabab jarima avtomobilning huquqiy egasiga solinadi. 60 kun ichida belgilangan jarima to‘lanmasa, avtomashina jarima maydonchasiga olib ketiladi",- deydi podpolkovnik.