01:43 / 05.07.2016
4514

ESPN: "Manchester Siti" "Real"ga Toni Kroos uchun 75 mln yevro taklif qilmoqchi

"Manchester Siti"ning yangi bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Madridning "Real" klubi va Germaniya terma jamoasi yarimhimoyachisi Toni Kroosni o‘z ixtiyoriga olmoqchi. ESPN telekanali ma'lumotlariga ko‘ra, "shaharliklar" yaqin orada madridliklarga futbolchi uchun 75 mln yevro taklif qilishadi. 

Biroq bu qiymat yetmasligi mumkin: fevralda Football Leaks nemisning "Real"dan ketishi uchun to‘lanadigan tovon puli 300 mln yevroni tashkil qilishi haqidagi ma'lumotni chop etgandi.

Yakunlangan joriy mavsumda Kroos o‘z hisobiga "Real" uchun 44 ta o‘yinda bitta gol va 13 ta golli uzatma yozib qo‘ygan.

Bundan tashqari, "Siti" "Barselona" hujumchisi Luis Suaresga ham qiziqish bildirmoqda.

Top