Xitoylik xakerlar 10 mln Android-qurilmaga kira oldilar
Xitoyning Yingmob xakerlik guruhi zararli dastur yordamida Android operatsion tizimida ishlovchi 10 mln qurilmaga kira oldi. Bu haqda mobil xavflarni o‘rganuvchi Check Point kompaniyasi ma'lum qildi.
Yingmob firibgarlik dasturlarini o‘rnatib, foydalanuvchiga ko‘rsatiluvchi reklamadan noqonuniy daromad oluvchi HummingBad zararli dasturini tarqatmoqda. Dastur xakerlarga 10 mln qurilmaga reklamani ko‘rsatishga va har oy 300 ming dollarga yaqin pul topishga imkon beradi.
Rossiya Yingmob guruhi eng ko‘p e'tibor qaratgan 20 ta davlatdan biri hisoblanib, rossiyalik foydalanuvchilarning 207 940 ta qurilmasi HummingBad bilan zararlangan. Guruh harakatidan eng ko‘p xitoylik foydalanuvchilar jabr ko‘rgan (1 606 384 foydalanuvchi), 2-o‘rinda Hindiston (1 352 772), 3-o‘rinda Filippin (520 901) turibdi.
Xakerlar katta miqdorda zararlangan qurilmalar evaziga nafaqat doimiy daromad oladilar, balki bu qurilmalardan botnet yaratib, kompaniya va davlat tashkilotlariga hujum uyushtirishlari mumkin. Check Point ma'lumotlariga ko‘ra, HummingBad bilan zararlangan qurilmadagi istalgan ma'lumot xavf ostida bo‘lishi mumkin.