Jahon | 20:00 / 05.07.2016
5347
2 daqiqa o‘qiladi

Xorvatiya Yevropa Ittifoqi logotipiga ega avtomobil raqamlariga o‘tdi

Xorvatiyada Yevropa Ittifoqining umumiy namunasi bo‘yicha bajarilgan va YeI logotipiga ega avtomobil raqamlarining yangi seriyasi chiqarildi. Bu haqda Sloveniya telegraf agentligi (STA) ma'lum qildi

Endilikda xorvat avtomobil raqamining chap tomoni Yevropa Ittifoqi yulduzlariga ega ko‘k rangdagi to‘rtburchak shakl hamda mamlakatni bildiruvchi "HR" qisqartmasiga ega bo‘ladi.

"Xorvatiya transport vositalarini qayd qilish va raqamlashning Yevropa tizimiga o‘tdi", deb ma'lum qilindi mamlakat ichki ishlar vazirligida hamda raqamlarni zudlik bilan almashtirish talab qilinmasligi qo‘shimcha qilindi. Esdi namunadagi davlat raqamlari qo‘llanilishda davom etadi, haydovchilar ularni texnik ko‘rikdan o‘tayotganda o‘z xohishlariga ko‘ra almashtira oladilar. Shuningdek, buni avtomobilni yangi yashash joyi bo‘yicha qayd qilish yoki raqamlar yo‘qotilganda amalga oshirish mumkin bo‘ladi.     

Yevropa standartlaridan foydalanish raqamlar narxini pasaytirishga imkon berdi: standart to‘plamning narxi 11 xorvat kuniga (1,4 yevro) arzonlashdi va 65 kunni tashkil qildi (8,55 yevro). Bundan tashqari, eski raqamlarini xush ko‘rgan haydovchilar yangi namunadagi xuddi shunday raqamni buyurtirishlari mumkin bo‘ladi. Bu xizmat narxi 278 kunni (35 yevro) tashkil qiladi.