Sport | 20:36 / 05.07.2016
12481
1 daqiqa o‘qiladi
Igor Sergeyev Xitoyning "Beyjing Goan" jamoasiga o‘tdi
Toshkentning "Paxtakor" klubi hujumchisi, O‘zbekiston terma jamoasiga nomzod Igor Sergeyev faoliyatini Xitoyda davom ettiradi. "Beytszing Goan" klubi 22 yoshli ushbu futbolchi bilan shartnoma imzolagan.
Sergeyev bugun Xitoy klubida tibbiy ko‘rikdan o‘tdi. Transferning moliyaviy jihatlari oshkor etilmagan.
Ma'lumot uchun, o‘zbekistonlik yana bir himoyachi, "Paxtakor" tarbiyalanuvchisi Yegor Krimets ham ayni vaqtda "Beytszing Goan" klubi a'zosi hisoblanadi.
Bundan oldinroq, Sergeyev xitoyliklar jamoasida tibbiy ko‘rikdan o‘tgani tasviri paydo bo‘lgandi.