Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 20:31 / 05.07.2016
5848
1 daqiqa o‘qiladi
Iroq ichki ishlar vaziri Bag‘doddagi teraktdan keyin iste'foga ketishga ariza berdi
Iroq ichki ishlar vaziri Muhammad Salom al-G‘abbon 200 dan ko‘proq kishining umriga zomin bo‘lgan Bag‘doddagi teraktdan keyin iste'foga ketishga qaror qildi. Bu haqda vazirning o‘zi ma'lum qildi.
2 iyuldan 3 iyulga o‘tar kechasi Bag‘dod markazidagi ko‘plab restoranlar va savdo maydonlari joylashgan Al-Qarrada tumanida ikkita portlash sodir etildi. Terakt oqibatida 200 dan ko‘proq odam halok bo‘ldi, yuzlab odamlar jarohat oldi. Portlashlar uchun javobgarlikni IShID terrorchilik guruhiga o‘z zimmasiga oldi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish