Light | 01:15 / 05.07.2016
8388
1 daqiqa o‘qiladi

Kaliforniyalik 10 daqiqa ichida 70 ta xot-dogni paqqos tushirdi

“Jag‘” deb laqab olgan Joui Chestnat har yili AQSh mustaqilligi nishonlanayotgan vaqt Nyu-Yorkda o‘tkaziladigan eng ko‘p xot-dog yeyish musobaqasida o‘z maqomini qaytarib oldi. Bu haqda Associated Press xabar bermoqda.

U 10 daqiqa ichida 70 ta xot-dogni paqqos tushirib, o‘zi tomonidan 2013 yilda o‘rnatilgan dunyo rekordini yangiladi — o‘shanda u 10 daqiqada 69 ta xot-dog yeyishga muvaffaq bo‘lgan edi.

O‘tgan yili chempion bo‘lgan Mett Stouni 17 ta xot-dog kam yeyib, o‘z maqomini boy berib qo‘ydi.

Ma'lum bo‘lishicha, ikkala raqib ham Kaliforniyaning San-Xose shahrida tug‘ilgan.

32 yoshli Chestnat musobaqada sakkiz yildan beri qatorasiga g‘alaba qozonib keladi, u faqat o‘tgan yilda imkoniyatni boy berib qo‘ygan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish