Sport | 19:43 / 05.07.2016
6899
1 daqiqa o‘qiladi

Nani kuchli beshlikdagi chempionatlardan biriga qaytdi

Portugaliya terma jamoasi hamda Turkiyaning «Fenerbaxchi» klubi yarim himoyachisi Luish Nani faoliyatini Ispaniyada davom ettiradi. Bu haqda turk klubi rasmiy twitter'i xabar bermoqda.

Manbada aytilishicha, Nani «Valensiya»ga o‘tadigan bo‘ldi.

«Ko‘rshapalaklar» futbolchi uchun 8,5 million yevro to‘lagan.

Ta'kidlash joiz, Naniga «Inter» va «MYu» ham qiziqish bildirayotgan edi.

Manba: Tribuna.uz